Главная » 2016 » Сентябрь » 15

1-oktabrdan gaz tarifi 9 foizga oshadi


  • Pro_eXclusive
  • 15 Сен 2016(10:14)
  • 204
  • 0
1-oktabrdan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste’molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda, deb xabar berdi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi. Yangi preyskurantga ko‘ra, aholiga beriladigan tabiiy gazning 10 kubometri hisoblagich bo‘lgan holda 2260 so‘mdan 2461,2 so‘mga yoki 8,9 foizga oshiriladi. Hisoblagich bo‘lmagan holda ovqat pishirish va issiq suv ta’minoti uchun ishlatiladigan gazning 10 kubometri 4225,9 so‘mni tashkil qiladi (joriy tarif — 3908,3 so‘m, o‘sish — 8,1%). Isitish uchun foydalaniladigan gazning 10 kubometri 1812,5 so‘mdan 1973,7 so‘mga oshadi.

Теги: 1-oktabrdan gaz tarifi 9 foizga osh

Всего комментариев: 0
avatar