Главная » 2016 » Август » 19

2013—2015-yillarda OTMlarga kirish test imtihonlari natijalari qachon e’lon qilingan?


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(12:07)
  • 113
  • 0
Shu kunlarda O‘zbekistondagi barcha abituriyentlarni bir savol qiynamoqda — oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari qachon e’lon qilinadi? 2016-yilgi test imtihonlari natijalari qachon e’lon qilinishi borasida hozircha aniq bir axborot yo‘q. Biroq bundan avvalgi yillarda mandat qachon chiqqanini bir yodga olish mumkin. 2015-yili test imtihonlari natijalari oliygohlarning o‘zida 20-avgust kuni e’lon qilingan. Undan bir kun avval — 19-avgust kuni kechasi esa imtihon natijasini bilish maqsadida SMS yo‘llaganlarga javoblar kela boshlagan va DTM saytidagi test natijalarini bilish sahifasi ishga tushgan edi. 2014-yili barcha abituriyentlar orziqib kutgan natijalar 16-avgust kuni e’lon qilingan. O‘shanda ham mobil aloqa operatorlari joriy qilgan SMS xizmatlari bir kun avvaldan — 15-avgustdan e’tiboran test natijalari haqida axborot taqdim eta boshlagan. Undan bir yil — 2013-yili ham oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari natijalari 16-avgust kuni e’lon qilingan edi. SMS xizmatlari esa 15-avgust oqshomidayoq test natijalari haqida abituriyentlarni boxabar qilishni boshlagan. Ma’lumot uchun, 2012-yili oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 432 mingdan ortiq, 2013-yili 480 mingdan ziyod, 2014-yili 543 mingdan ko‘proq abituriyent hujjat topshirgan edi. Keyingi — 2015- va 2016-yillarda esa hujjat topshirgan abituriyentlar soni sezilarli darajada — 600 mingdan oshib ketganligi munosabati bilan (mos ravishda 605 836 va 663 298 nafar abituriyent), balki, test natijalarini e’lon qilish muddati biroz keyinroqqa surilayotgan bo‘lishi mumkin.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar