Главная » 2016 » Сентябрь » 17

60 yoshli aktyor Mel Gibson to‘qqizinchi marta ota bo‘ladi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Сен 2016(15:55)
  • 669
  • 0
Amerikalik mashhur aktyor, ssenariychi va prodyuser Mel Gibson to‘qqizinchi marta ota bo‘lishi kutilmoqda. Uning sevgan ayoli — yozuvchi Rozalind Ross homilador. Bu haqda People jurnali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Nashr manbasining ma’lum qilishicha, Mel va 26 yoshli Roza chaqaloqning dunyoga kelishidan juda mamnun. “Melga ota bo‘lish yoqadi, ular Roza bilan ota-ona bo‘lishini sabrsizlik bilan kutmoqda. Oxirgi ikki yil Gibsonning hayotidagi eng baxtli yillar bo‘ldi”, — deya qo‘shimcha qilgan u. 60 yoshli aktyorning olti nafar o‘g‘li va ikki nafar qizi bor. Ulardan yetti nafari uning birinchi rafiqasi Robin Mur bilan birgalikdagi nikohidan dunyoga kelgan. Ikkinchi qizining onasi esa uning sobiq rafiqasi Oksana Grigoryeva bo‘lib, aktyor u bilan nizolashib qolgandan so‘ng 2010-yilda ajrashgan edi.

Теги: 60 yoshli aktyor Mel Gibson to‘qqiz

Всего комментариев: 0
avatar