Главная » 2016 » Август » 22

Airbus Birlashgan Arab Amirliklarida uchar taksini ishga tushiradi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(12:25)
  • 162
  • 0
Airbus aviasozlik kompaniyasi yo‘lovchi va yuk tashish uchun avtonom uchar platformalarni yaratish niyati haqida e’lon qildi, deb yozadi UAE Inside. Innovatsiyani joriy qilish joyi sifatida Birlashgan Arab Amirliklari tanlandi. Ilk qurilmaning sinov parvozlari kelasi yil oxiriga belgilangan. Loyiha ham yo‘lovchilarni, ham yuklarni tashishga yo‘naltiriladi. Ani paytda yo‘lovchi tashish tizimi qanday ishlashi — odamlar guruhi ma’lum yo‘nalish bo‘yicha chiptalar uchun pul to‘lashi yoki ular avtomobillardan foydalanish bo‘yicha boshqa servislardagi kabi bitta qurilmani o‘zaro bo‘lishishi — aniq emas. Yangi loyiha uchun javobgar bo‘lgan jamoa dizaynni allaqachon kelishib oldi va qurilmaning subtizimlarini sinovdan o‘tkazishga kirishmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar