Главная » 2016 » Сентябрь » 3

Almazbek Atambayev: Islom Karimov vafoti qirg‘izistonliklar yuragiga qayg‘u soldi


  • Pro_eXclusive
  • 03 Сен 2016(12:22)
  • 814
  • 0
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevga mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbari saytiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda. “Islom Abdug‘aniyevich qirg‘iz—o‘zbek hamkorligi o‘rnatilishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Uning muntazam harakatlari tufayli ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalari ijobiy siljishlarga erishildi. Zamonamizning jiddiy tahdidlaridan iborat eng murakkab muammolar o‘z yechimini topdi. Biz Islom Abdug‘aniyevichni qirg‘iz—o‘zbek munosabatlari mustahkamlanishi uchun chin dildan qayg‘uradigan katta birodarimiz deb bilar edik”, — deyiladi xabarda. Almazbek Atambayev O‘zbekiston xalqi va rahbariyatiga chuqur va samimiy hamdardlik bildirdi. Qirg‘iziston rahbari Tatyana Karimovaga ham hamdardlik yo‘lladi. Unda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti vafoti butun Qirg‘iziston xalqi yuragiga qayg‘u solgani bildirilgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar