Главная » 2016 » Август » 18

Amerikalik mahbuslar armiya uchun yuz minglab yaroqsiz kaska yasab berdi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(10:57)
  • 117
  • 0
Pentagonning pudrat tuzilmalaridan biri uchun ishlagan amerikalik mahbuslar AQSh armiyasining quruqlikdagi qo‘shinlari va dengiz piyodalari korpusi uchun yaroqsiz kevlar (mustahkam sun’iy mato) kaskalarni ishlab chiqardi, deb yozadi “TASS”. Bunda gap 30 million dollardan ziyod mablag‘li shartnomalar haqida bormoqda. Armiya uchun 30 million dollarlik yangi shlemlar partiyasini yetkazib berish bo‘yicha tenderni Federal Prison Industries kompaniyasi 2006-yildayoq yutib olgan. 2010-yilda quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondonligi 44 mingta kaskani qaytarib oldi, ularni ishlab chiqarishda sertifikatlanmagan materiallardan foydalanilgani, shuningdek, ularni texnologiyalarni buzgan holda ishlab chiqarilgani aytildi. AQSh adliya vazirligi taqdim etgan ma’ruzaga mahbuslar kaskalarni teshish uchun ishlatgan kevlar bo‘laklari aks etgan fotosuratlar ilova qilingan. Armiya rahbariyati jami 126 ming 52 ta kaskani qaytarib oldi, hukumat ko‘rgan moliyaviy zarar 19,1 million dollarni tashkil etdi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar