Главная » 2016 » Август » 18

“Andijon” futbol klubi futbolchisi Uels terma jamoasiga qarshi o‘yinga chaqiruv oldi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(18:11)
  • 293
  • 0
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining “Andijon” klubi futbolchisi 5-sentabr kuni Uels terma jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin, deb xabar berdi “Championat.asia”. Gap “Andijon” safida harakat qilayotgan moldovalik legioner Andrey Bugnyak haqida bormoqda. 5-sentabr kuni Moldova terma jamoasi JCh—2018 saralashining ilk uchrashuvini Kardiffda Uelsga qarshi o‘tkazadi. Moldova terma jamoasi bosh murabbiyi Igor Dobrovolskiy Garet Beyl jamoadoshlariga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatiga “Andijon” klubi vakilini ham kiritdi. Uelsga qarshi o‘ynashi mumkin bo‘lganlar qatorida O‘zbekiston Oliy Ligasida avval to‘p surgan yana ikki nafar futbolchi ham bor. O‘z vaqtida Toshkentning “Lokomotiv” va Farg‘onaning “Neftchi” klubi sharafini himoya qilgan Aleksandr Onika, hamda “Lokomotiv”dagi o‘yinlari orqali tanilgan Andrey Kojokar ham Uelsga qarshi harakat qilishi mumkin. Qayd etish kerak, Uels terma jamoasi Yevro—2016 musobaqasida yarim finalga qadar yetib borgandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar