Главная » 2016 » Март » 21

Apple Kupertinodagi shtab-kvartirasida yangi gadjetlarni taqdim etishi kutilmoqda


  • News
  • 21 Мар 2016(15:13)
  • 251
  • 0
Apple 21-mart, dushanba kuni qurilmalarining oxirgi modellarini namoyish etishi kutilmoqda. Ular aynan qaysi gadjetlar ekanligi hozircha sir saqlanmoqda, biroq amerikalik ekspertlar gap yangi iPhone se smartfoni va iPad Pro planshet kompyuteri haqida ketayotganini bildirmoqda.

Taqdimot marosimi kompaniyaning Kaliforniya shtati, Kupertino shahridagi shtab-kvartirasida mahalliy vaqt bilan 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 22:00) boshlanadi. Apple taxminan ikki hafta avval yetakchi texnik ekspertlar va texnika yangiliklariga ixtisoslashgan mahalliy nashrlar jurnalislariga tadbir taklifnomalarini jo‘nata boshladi. Taqdimot o‘tadigan zal atigi 300 kishiga mo‘ljallangan, qolganlar uni internet-translyatsiya orqali kuzatishi mumkin. Oldinlari kompaniya bunday marosimlarni hozirgidan ko‘ra ancha katta maydonlarda o‘tkazardi.

Appleinsider portali ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya marosimda o‘zining Apple Watch “aqlli soatlari” dizaynining yangi varianti, shuningdek, yangi dastur va servislarni ham taqdim etishi kutilmoqda.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Apple Kupertinodagi shtab-kvartiras

Всего комментариев: 0
avatar