Главная » 2016 » Март » 19

Apple xodimlari FQB talablarini bajarmaslik uchun ishdan bo‘shashga tayyor


  • News
  • 19 Мар 2016(08:30)
  • 191
  • 0
AQSh Federal qidiruv byurosi sudda Apple hukumat bilan hamkorlik qilishi kerakligini isbotlashga muvaffaq bo‘lgan taqdirda ham, muassasa yangi muammoga duch kelishi mumkin: unga yordam berishdan korporatsiyaning alohida xodimlari bosh tortadi.

Apple’ning sobiq va hozirgi ishchilari so‘zlariga ko‘ra, kompaniya xodimlari hozirdanoq FQB bilan sudda yutqazishsa, nima qilishlarini muhokama etmoqda.

Ko‘pchilik mutaxassislar hukumat uchun “xilvat yo‘l” yaratib, o‘z mehnatini bir pul qilmaslik uchun, ish tashlash e’lon qilishi yoki hatto ishdan bo‘shashi ham mumkin.

Kompaniya sobiq ijrochi direktori Jan-Lui Gasse so‘zlariga ko‘ra, Apple’ning so‘nggi yillardagi moliyaviy muvaffaqiyatlariga qaramasdan, uning xodimlari orasida hamon Stiv Jobs prinsiplari ommabop bo‘lib kelmoqda.

“Kompaniyada haligacha erkinlik madaniyati, isyon madaniyati bor. Agar hukumat muhandislardan ko‘rsatmalar yoki qandaydir harakatlarni talab qilsa — unda ularga omad tilab qolamiz”, — dedi u.

The New York Times aniqlik kiritishicha, Apple muhandislari ishdan haydalishdan qo‘rqishi amri mahol. Ularning malakalariga bozorda talab kuchli, shu tufayli ular boshqa kompaniyada katta maosh to‘lanadigan ishlarni osongina topa oladi.

Теги: Apple xodimlari FQB talablarini baj

Всего комментариев: 0
avatar