Главная » 2016 » Август » 20

AQSh rahbarligidagi koalitsiya samolyoti Suriyaning ikki qiruvchisini to‘xtatib qoldi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(11:27)
  • 77
  • 0
AQSh rahbarligidagi koalitsiya samolyoti Al-Xasaka yaqinida Suriyaning ikki qiruvchisi qarshisiga chiqdi va ularni hududni tark etishga majbur qildi, deb yozadi “RIA Novosti” AQSh mudofaa vazirligiga tayanib. Avvalroq Suriya harbiy-havo kuchlari samolyotlari Suriya shimoli-sharqidagi Al-Xasaka shahrida kurdlar joylashgan nuqtalarga hujum qilgan edi. Kurdlar nazorati ostidagi tumanlarga besh yil ichida birinchi marta aviazarba berildi. Zarbalar natijasida tinch aholi vakillari halok bo‘lgani ma’lum qilindi. Suriyalik harbiylar o‘z xatti-harakatlarini Kurdiston ishchilar partiyasining “Osoyish” qurolli guruhlari tomonidan kelishuvlarning buzilishi bilan izohladi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar