Главная » 2016 » Август » 23

AQSh Rossiya Erondagi aviabazani tark etganligi haqida ma’lumotga ega emas


  • Pro_eXclusive
  • 23 Авг 2016(11:36)
  • 148
  • 0
AQSh Davlat departamenti Rossiya Suriyadagi jangarilarga zarba berish uchun qo‘llanilgan Erondagi Hamadon aviabazasidan foydalanishni to‘xtatganligi haqidagi axborotni ko‘rganligi, biroq Rossiya haqiqatan ham bazadan foydalanishni to‘xtatganligi haqida ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Davlat departamenti vakili Mark Toner brifingda AQSh Rossiya va Eron bilan o‘zaro hamkorlikda qattiq ishlaganligi, biroq hozircha Moskva aviabazadan foydalanishni to‘xtatganligi noaniqligini ma’lum qildi. Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Eronning Hamadon aviabazasidan Suriyadagi jangarilar obyektlariga zarba berayotgan samolyotlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarib, Rossiya hududiga qaytganligini ma’lum qilgan edi. Eron matbuotida rossiyalik harbiylar Hamadondagi bazadan chiqib ketgani xabar qilingan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar