Главная » 2016 » Август » 18

AQSh Rossiya tomonidan Erondagi aviabazadan foydalanilishi o‘zini oqlamasligini bildirdi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(13:05)
  • 95
  • 0
AQSh rasmiylari Suriyadagi terrorchilar bazalariga aviazarbalar berish uchun Rossiya tomonidan Erondagi harbiy bazaning foydalanilishi o‘zini oqlamaydi deb hisoblaydi. Davlat departamentiga ko‘ra, bu mamlakatdagi mojaroni bartaraf etishga ko‘mak bermaydi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Mark Toner ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”. “Bu yordam bermaydi, chunki Aleppo va uning atrofidagi shunday ham o‘ta xavfli vaziyatni murakkablashtirishga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, Rossiya va AQSh Suriyadagi mojaroni izga solish uchun keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini muhokama etishda davom etmoqda”, — deya ta’kidladi Toner. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniy mamlakat Rossiyaga Suriyada harbiy operatsiyalar o‘tkazish uchun harbiy baza taqdim etmagani, balki terrorga qarshi kurashda hamkorlik qilayotganini bildirgandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar