Главная » 2016 » Август » 17

AQSh xavfsizlik agentligi sayti xakerlar bayonotidan so‘ng salkam bir sutka ishlamadi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(18:25)
  • 133
  • 0
AQSh milliy xavfsizlik agentligi sayti 15-avgust, dushanba mahalliy vaqt bilan 22:45 dan 16-avgust, seshanba 17:00 gacha noma’lum sabablarga ko‘ra ishlamadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Saytning bosh sahifasi bu vaqt mobaynida faoliyat ko‘rsatgan, biroq undagi biror havola yoki direktoriy ishlamagan. Na agentlik, na mudofaa vazirligi mazkur holatga izoh bermagan. Milliy xavfsizlik agentligi saytidagi nosozlik Shadow Brokers xakerlar guruhining mazkur tizim tomonidan qo‘llaniladigan kiberqurolni qo‘lga kiritganligi haqidagi bayonoti bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Xakerlar ushbu qurolni auksionga qo‘yishga tayyor ekanliklari bilan po‘pisa qildi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar