Главная » 2016 » Сентябрь » 14

AQShda Galaxy Note 7 yonib ketishi bilan bog‘liq 70 dan ortiq holat qayd etilgan


  • Pro_eXclusive
  • 14 Сен 2016(08:53)
  • 145
  • 0
Samsung Galaxy Note 7 sotuvi boshlangan vaqtdan buyon AQShda smartfonning yonib ketishi bilan bog‘liq 70 dan ortiq holatlar qayd etildi. Bu haqda Samsung va Kanada hukumatining qo‘shma bayonotida aytiladi, deb yozadi TJournal. Ayni paytgacha butun dunyo bo‘ylab Note 7 yonib ketishi bilan bog‘liq 35 ta holat ma’lum, xolos. Bu haqda Samsung 2-sentabrdagi matbuot anjumanida ma’lum qilgan. Ammo 13-sentabr kuni Kanada hukumati saytida yangilangan ma’lumotlar paydo bo‘ldi. “Health Canada va Samsung Canada smartfon batareyasi qizib ketishiga aloqador bitta holatni qayd etdi. Hech kim shikastlanmadi. AQShda Samsung 70 dan ortiq bunday holatni qayd etdi”, — deyiladi xabarda. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, reliz vaqtidan buyon Kanadada zudlik bilan qaytarilishi so‘ralayotgan 21 953 ta qurilma sotilgan. Ayni paytda Note 7’ni o‘nlab aviakompaniyalar samolyotlarida quvvatlash va yoqish mumkin emas, Samsung kompaniyasi esa, OAVlar yozishicha, foydalanuvchilarni potensial xavfli smartfonlarni tezroq topshirishga undash maqsadida qurilmani masofadan turib o‘chirib qo‘yishni boshlashi mumkin.

Теги: AQShda Galaxy Note 7 yonib ketishi

Всего комментариев: 0
avatar