Главная » 2016 » Август » 21

AQShda narkotiklar bilan savdo qilganligi uchun qidirilgan erkak qariya niqobi ostida politsiyadan yashiringan


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:38)
  • 244
  • 0
AQShning Massachusets shtatida narkotiklar bilan savdo qilganlikda gumonlanib qidirilayotgan erkak grim surib, qariya ko‘rinishiga kirib olgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi TJournal. Politsiya narkotiklar bilan savdo qilishda gumonlanayotgan mahalliy fuqaro Shon Millerning uyiga kelganida, ularni qandaydir qariya qarshi oldi. O‘zlarining qarshisida turgan kishi qidirilayotgan shaxs emasligini ko‘rib, politsiyachilar ortga qaytdi. Keyinchalik tekshiruv davomida politsiya xodimlari birinchi tashrif chog‘ida ular aslida aynan gumon qilinayotgan shaxsga duch kelganini, ammo u yuziga grim surib olganini angladi. Uning uyini yana bir bora ziyorat qilishdi va bu safar uni hibsga olishdi. O‘zini keksa chol qilib ko‘rsatgan 31 yoshli erkakni geroin saqlash va tarqatishda ayblab, qo‘lga olishdi. Millerning advokati esa uning mijozi ushbu jinoyatga aloqadorligini rad etishini ma’lum qildi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar