Главная » 2016 » Август » 18

AQShda Suriya madaniy merosi obyektlarini olib kirishga taqiq joriy etildi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(10:53)
  • 84
  • 0
Amerika hukumati 17-avgustdan Suriya madaniy merosi obyektlarini mamlakatga olib kirishga nisbatan cheklov joriy etdi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”. AQSh ma’muriyatining ushbu harakatlari besh yildan buyon ichki qurolli mojaro davom etayotgan Suriyaning madaniy merosini saqlashga ko‘maklashish, shuningdek, turli jinoiy va ekstremistik guruhlarning bu kabi qadimiy buyumlar bo‘yicha noqonuniy shartnomalari oldini olishga qaratilgan. AQSh tashqi siyosat boshqarmasining aniqlik kiritishicha, taqiq Suriyadan 2011-yilning 15-martidan so‘ng olib chiqilgan har qanday madaniy meros obyektiga nisbatan amal qiladi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar