Главная » 2016 » Август » 19

AQShlik erkak uning sendvichini beruxsat yeb qo‘ygan ma’shuqasini o‘ldirgani uchun 22 yilga qamaldi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(09:32)
  • 100
  • 0
AQShning Nyu-York shtatida sendvichini so‘roqsiz yeb qo‘ygani uchun o‘z ma’shuqasini otib o‘ldirgan erkak 22 yillik qamoqqa mahkum etildi, deb yozadi “TASS” ABC telekanaliga tayanib. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bunda gap Buffalo shahrining 34 yoshli fuqarosi Markus Gottshe haqida bormoqda, u 2011-yilda o‘z uyidagi janjal vaqtida 28 yoshli Jasmin Armurni otib tashlagan. Keyinchalik erkak alkogol mastlik holatida bo‘lgani va Armur uning dasturxon ustida qoldirilgan sendvichini beruxsat yeya boshlaganii ko‘rib, qattiq g‘azablanganini tan oldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Gottshe shundan keyin ayol bilan janjallasha boshladi, u uydan qochib ketishga uringanida esa miltiq bilan uni otib tashladi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar