Главная » 2016 » Сентябрь » 3

Barak Obama: “AQSh O‘zbekiston bilan hamkorlik tarafdori bo‘lib qoladi”


  • Pro_eXclusive
  • 03 Сен 2016(12:24)
  • 581
  • 0
AQSh prezidenti Barak Obama O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan bayonot berdi. Bayonot matni Oq uy saytida e’lon qilingan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. “Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ushbu oson bo‘lmagan davrda Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlaydi”, – deyiladi bayonotda. Barak Obama O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Prezident Islom Karimov va O‘zbekiston xalqiga yaqinda yo‘llagan tabrigini yodga olib, AQSh avvalgidek O‘zbekiston bilan hamkorlik, uning suvereniteti, xavfsizligi va barcha fuqarolarning huquqlariga asoslangan kelajagi tarafdori bo‘lib qolishini qayd etib o‘tdi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar