Главная » 2016 » Август » 19

Birobijandagi kasalxonada bemor tanasida unutib qoldirilgan doka tufayli vafot etdi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(10:05)
  • 109
  • 0
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi Yahudiylar muxtor viloyati markazi — Birobijan shahri fuqarosi parishonxotir shifokorlar tufayli olamdan o‘tdi, ular operatsiya qilayotib, uning tanasida bir bo‘lak dokani unutib qoldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat bo‘yicha boshqarmasiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi. “Qorin bo‘shlig‘idagi doka salfetka yiringli peritonit va zaharlanish rivojlanishiga olib keldi”, — deyiladi xabarda. Hodisa yuzasidan “ehtiyotsizlik tufayli o‘limni keltirib chiqarish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda hodisa yuz bergan vaziyat va unga aloqador shaxslar aniqlanmoqda, qator ekspertizalar belgilandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar