Главная » 2016 » Август » 19

BMT Rossiya bilan Aleppoda 48 soatli gumanitar tanaffus joriy etish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanligi bildirildi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(11:56)
  • 80
  • 0
BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura Rossiya bilan Aleppo shahrida 48 soatli gumanitar tanaffus joriy etish masalasida hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. “Maxsus vakil Rossiyaning bayonotini qo‘llab-quvvatlaydi. BMT gumanitar guruhi mazkur masalani hal etish uchun bor kuchini safarbar etishga tayyor. Rejamiz amaliyot ikir-chikirlarini birgalikda ishlab chiqish va aholiga gumanitar yuklarni imkon boricha tezroq yetkazib berishga hozir bo‘lishdan iborat”, — deyiladi de Mistura nomidan e’lon qilingan hujjatda. Rossiya mudofaa vazirligi 18-avgust, payshanba kuni Aleppo aholisiga gumanitar yordam yetkazib berish uchun kelgusi haftada 48 soatli birinchi tanaffusni e’lon qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar