Главная » 2016 » Август » 18

BMT Rossiya, Eron va Turkiya o‘rtasidagi muloqot Suriyadagi vaziyatni tartibga solishga ko‘mak berishiga umid qiladi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(17:30)
  • 91
  • 0
BMT kotibiyati Rossiya, Eron va Turkiya o‘rtasidagi muloqotni kuzatib bormoqda va uning Suriyadagi mojaroni tinchlik yo‘li bilan tartibga solishga yordam berishiga umid qiladi. Bu haqda 17-avgust, chorshanba kuni BMT bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxan Xaq ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. “Biz oxirgi voqealardan xabardormiz va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning har qanday yaxshilanishi tinchlik yo‘li bilan tartibga solish jarayonining ilgari siljishi uchun yordam beradi deb umid qilamiz”, — dedi u. Uning so‘zlariga qaraganda, butunjahon tashkiloti hududdagi barcha mamlakatlar, shuningdek, Suriyadagi mojaroni tartibga solish jarayoniga jalb etilgan boshqa xalqaro ishtirokchilar BMT bilan birga ish olib borishi va Suriya bo‘yicha muzokaralarga amal qilishidan manfaatdordir.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar