Главная » 2016 » Август » 20

BMT: Suriyada iyul oyi davomida aviazarbalar, o‘qqa tutishlar va teraktlar tufayli 500 dan ortiq fuqaro halok bo‘ldi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(15:50)
  • 95
  • 0
Suriyada iyul oyi davomida aviazarbalar, minomyotdan o‘qqa tutishlar va teraktlar tufayli 500 dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Munning 19-avgust, juma kuni e’lon qilingan va mamlakatdagi gumanitar vaziyatga bag‘ishlangan hisobotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”. Hisobotda tinch aholi o‘rtasida qurbonlarga olib kelgan 40 dan ortiq hodisa haqida ma’lumot keltirilgan, xavfsizlik sohasidagi holatning yomonlashgani va bu gumanitar vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatgani qayd etilgan. “Harbiy faoliyat, jumladan, havodan zarbalar Aleppo, Dayr-az-Zor, Xaseke va Idlib shaharlari, shuningdek, Rif-Dimashq viloyatida davom etdi”, — deyiladi hujjatda. Ushbu hujjat 22-avgust, dushanba kuni Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida muhokama qilinadi. Hisobotda jami 520 nafar fuqaro hayotiga zomin bo‘lgan, 470 nafardan ortiq kishi jarohatlanishiga olib kelgan hujumlar sanab o‘tilgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar