Главная » 2016 » Август » 22

“Boko haram” jangarilari Nigeriya shimoli-sharqidagi qishloqqa hujum qildi, o‘n kishi o‘ldirildi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(12:27)
  • 112
  • 0
“Boko haram” radikal guruhi jangarilari Nigeriya shimoli-sharqidagi qishloqqa hujum qilib, kamida o‘n kishini o‘ldirdi, deb yozadi “TASS” AFP’ga tayanib. Ekstremistlar Borno shtatidagi Kubrivu qishlog‘iga 21-avgustga o‘tar kechasi hujum qilgan. Aholi punktiga kirib, ular tinch aholi vakillarining uylarini talon-taroj qilib, o‘t qo‘ya boshladi, aholini esa o‘qqa tutdi. Hujum oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishini (ayollar va bolalar) jangarilar o‘g‘irlab ketdi. Kubrivu qishlog‘i Chibok shahri yaqinida joylashgan bo‘lib, ushbu guruh a’zolari aynan shu shahardan 2014-yil aprelida 270 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar