Главная » 2016 » Сентябрь » 13

Buyuk Britaniyada Uinston Cherchill portreti tushirilgan yangi plastik kupyura muomalaga kiritilmoqda


  • Pro_eXclusive
  • 13 Сен 2016(16:22)
  • 117
  • 0
Buyuk Britaniyada sobiq bosh vazir Uinston Cherchill portreti tushirilgan 5 funt sterling nominalidagi yangi kupyura 13-sentabr, seshanba kunidan muomalaga kiritilmoqda. U mamlakat qamoqxona tizimi islohotchisi Elizabet Fray (1780—1845) tasvirlangan banknotani almashtiradi, deya xabar beradi “TASS”. Angliya banki sintetik polimerlardan tayyorlangan yangi kupyuraning ekologik jihatdan talabga muvofiq, qog‘oz banknotalarga nisbatan ikki barobar uzoqroqqa yetishi, himoyalanish darajasi yuqori, o‘lchami esa taxminan 15 foizga kichikroq ekanligini ta’kidlamoqda. Mamlakatda bunday kupyuralar 440 million nusxada chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Cherchill tasvirlangan kupyuralar to‘lov vositasi sifatida boshqa plastik banknotalar ham muomalaga faol kiritilishini boshlab beradi. 2017-yilda 10, 2020-yilda esa 20 funtli shunday pullar muomalada paydo bo‘ladi. Angliya banki plastik kupyuralar hajmini ko‘paytirish haqida 3 yil davomidagi o‘rganishlardan so‘ng o‘tgan yil sentabrida, mazkur materialdan tayyorlangan banknotаlarning qalbakilashtirishdan himoyalanish darajasi an’anaviy qog‘oz kupyuralardan yuqoriroq ekanligi haqida yakuniy xulosaga kelgandi.

Теги: Buyuk Britaniyada Uinston Cherchill

Всего комментариев: 0
avatar