Главная » 2016 » Август » 19

Buyuk britaniyalik teleboshlovchi Rioda bezgak yuqtirib olgach, komaga tushib qoldi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(10:04)
  • 88
  • 0
Buyuk Britaniyaning Sky va ITV telekanallari sobiq teleboshlovchisi Charli Uebster Rio Olimpiadasida bezgak yuqtirib olgach, komaga tushib qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Teleboshlovchi 5-avgust kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimidan so‘ng o‘zini noxush his etdi. O‘shanda shifokorlar buni u Olimpiada arafasida 3000 kilometrga velomarofanda ishtirok etgani bilan izohlagandi. Keyinchalik, ayolning holati yomonlashgach, shifokorlar bezgak tashxisini qo‘ydi. Ayni paytda Uebster sun’iy komada bo‘lib turibdi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar