Главная » 2016 » Сентябрь » 15

Chempionlar Ligasi. “Real”dan irodali, “Siti”, “Lester”, “Lion” va “Borussiya Dortmund”dan yirik g‘alaba


  • Pro_eXclusive
  • 15 Сен 2016(10:16)
  • 236
  • 0
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasida 1-tur bellashuvlariga to‘liq yakun yasaldi. Kuchli yomg‘ir tufayli bir kunga kechiktirilgan “Manchester Siti” — “Borussiya Myonxengladbax” o‘yinida yirik hisob qayd etildi. Bunga qadar Bundesligada uch yil faoliyat olib borgan Xosep Gvardiola shogirdlaridan Serxio Aguero xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Chempionlar Ligasining amaldagi chempioni “Real” o‘z maydonida “Sporting”ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi. Alvaro Morata va Krishtianu Ronalduning so‘nggi daqiqalardagi gollari Madrid jamoasini ochko yo‘qotishdan saqlab qoldi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinni Polshada o‘tkazgan Dortmundning “Borussiya”si javobsiz 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “E” guruhida Moskvaning “SSKA” klubi guruh bosqichidagi ilk ochkosini ishladi. “Armiyachilar” 2 ta gol farqi bilan ortda bora turib, yakunda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Londonning “Tottenhem” klubi esa o‘z maydonida “Monako”dan yengildi. Musobaqa debyutanti “Lester” Belgiyada yirik g‘alabani tantana qildi. Angliya chempionlari safida Riyod Mahrez dublini nishonladi. 1-turning markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lgan “Yuventus” — “Sevilya” bahsida hisob ochilmadi — 0:0. Yevropa Chempionlar Ligasi 1-tur uchrashuvlari 14-sentabr, seshanba “E” guruhi “Bayer” (Germaniya) — “SSKA” (Rossiya) 2:2 Gollar: Admir Mehmedi, 9 (1:0). Hoqon Chalxanoglu, 15 (2:0). Alan Dzagoyev, 36 (2:1). Roman Yeremenko, 38 (2:2). “Tottenhem” (Angliya) — “Monako” (Fransiya) 1:2 Gollar: Bernardu Silva, 15 (0:1). Toma Lema, 31 (0:2). Tobi Alderveyreld, 45 (1:2). “F” guruhi “Real Madrid” (Ispaniya) — “Sporting” (Portugaliya) 2:1 Gollar: Bruno Sezar, 48 (0:1). Krishtianu Ronaldu, 89 (1:1). Alvaro Morata, 90+5 (2:1). “Legiya” (Polsha) — “Borussiya Dortmund” (Germaniya) 0:6 Gollar: Mario Gyotse, 7 (0:1). Sokratis Papastatopulos, 15 (0:2). Mark Bartra, 17 (0:3). Rafael Gerreyru, 51 (0:4). Gonsalo Kastro, 76 (0:5). Pyer-Emerik Obameyang, 87 (0:6). “G” guruhi “Portu” (Portugaliya) — “Kopengagen” (Daniya) 1:1 Gollar: Otavio, 13 (1:0). Andreas Kornelius, 52 (1:1). Chetlatish: Yan Gregush, 67 (K). “Bryugge” (Belgiya) — “Lester” (Angliya) 0:3 Gollar: Mark Olbrayton, 5 (0:1). Riyod Mahrez, 29 (0:2). Riyod Mahrez, 61-pen (0:3). “H” guruhi “Yuventus” (Italiya) — “Sevilya” 0:0 “Lion” (Fransiya) — “Dinamo Zagreb” (Xorvatiya) 3:0 Gollar: Korenten Tolisso, 13 (1:0). Jordan Ferri, 49 (2:0). Maksvell Korne, 57 (3:0). “C” guruhi “Manchester Siti” (Angliya) — “Borussiya Myonxengladbax” 4:0 Gollar: Serxio Aguero, 9 (1:0). Serxio Aguero, 28-pen (2:0). Serxio Aguero, 77 (3:0). Kelechi Ixeanacho, 90+1 (4:0).

Теги: “Lester”, “Siti”, “Lion” va “Borussiya Dortmund”dan y, Chempionlar Ligasi. “Real”dan iroda

Всего комментариев: 0
avatar