Главная » 2016 » Сентябрь » 9

Farg‘ona viloyatining chegara oldi tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirokida saxovat tadbirlari o‘tkazildi


  • Pro_eXclusive
  • 09 Сен 2016(13:59)
  • 289
  • 0
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati rahbariyati tashabbusi bilan viloyat hokimligi, viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi, “Kamolot” YoIH viloyat Kengashi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida Farg‘ona viloyatining chegara oldi tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirokida saxovat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Joriy yilning 2—3-sentabr kunlari Qo‘qon, Marg‘ilon, Quvasoy, Farg‘ona shaharlari hamda O‘zbekiston, Beshariq, Furqat, Dang‘ara, Uchko‘prik, Buvayda, Bag‘dod, Rishton, Oltiariq, Qo‘shtepa, Yozyovon, Toshloq, Quva, Farg‘ona tumanlarida yashovchi 1000 ta kam ta’minlangan, ehtiyojmand oila vakillariga yuzdan ortiq nomdagi sovg‘alar topshirildi. Tadbirlar davomida milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlar yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Теги: Farg‘ona viloyatining chegara oldi

Всего комментариев: 0
avatar