Главная » 2016 » Сентябрь » 16

Fazliddin G‘oibnazarov gap-so‘zlarga sevib uylangan ayoli va ikki shirin farzandi bor ekani bilan javob berdi


  • Pro_eXclusive
  • 16 Сен 2016(09:29)
  • 657
  • 0
Rio—2016 Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov o‘zi haqidagi gap-so‘zlarga Facebook sahifasi orqali javob berdi. Avvolroq uning noma’lum qiz bilan tushgan suratlari ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ommalashib ketgandi. Charm qo‘lqop ustasi o‘z rafiqasi va farzandi bilan tushgan suratini sahifasiga joylab, uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat aytdi. “Kuni-kecha muxlislar bilan tushgan suratimizni o‘zi bilganicha talqin qilgan insonlarga qarata aytmoqchiman: Allohga behisob shukr, ikki shirindan-shakar farzandim va sevib uylangan ayolim bor. Ular men uchun juda aziz”, — deb yozdi bokschi. “Siz bunday gaplar aytishdan oldin o‘zganing shaxsiy hayoti haqida mulohaza qilib ko‘rishingizni iltimos qilardim. Allohga shukr, davlatimiz, xalqimiz qo‘llab-quvatlab turgani uchun chempion bo‘ldik. Biz o‘zimizdan ketib qolganimiz yo‘qki, suratga tushishni so‘ragan kishilarga rad javobini bersak”, — deb fikrida davom etdi Fazliddin G‘oibnazarov. So‘zining yakunida Olimpiada chempioni u bilan suratga tushadigan muxlislarga aka-uka yoki opa-singil sifatida qarashini bildirib, o‘zi haqidagi o‘zgalarning gumoni haqiqatdan yiroq ekaniga to‘xtalgan.

Теги: Fazliddin G‘oibnazarov gap-so‘zlarg

Всего комментариев: 0
avatar