Главная » 2016 » Август » 18

Final jangida imkoniyatni boy bergan Shahram G‘iyosov O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ilk kumush medalni taqdim etdi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(08:09)
  • 342
  • 0
Rio—2016 da 70 nafar sportchi bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi safida bokschi Shahram G‘iyosov kumush medalni qo‘lga kiritdi.Boksning 69 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi musobaqasida ishtirok etgan Shahram G‘iyosov Riodagi hisob bo‘yicha beshinchi jangida qozog‘istonlik Daniyar Yeleusinovdan yengildi. Hal qiluvchi bellashuvda u qozog‘istonlik raqibiga dastlabki ikki raundni boy berib qo‘ygani uchun yakunda ochkolar hisobi bo‘yicha ortda qoldi. Shahram G‘iyosov finalga qadar 1/16 finalda ispaniyalik Yuba Sissokoni, 1/8 finalda litvalik Eymantas Stanyonisni, 1/4 finalda kubalik Ronel Iglesiasni, 1/2 finalda esa marokashlik Muhammad Rabiini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Qayd etish kerak, o‘zbekistonlik sportchi taslim qilgan so‘ngi ikki nafar bokschi mos ravishda Olimpiya va Jahon chempionlari hisoblanardi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar