Главная » 2016 » Август » 22

Foto: Ochilishga tayyor va bayroqlarga to‘la Muqimiy ko‘chasi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(17:21)
  • 502
  • 0
Toshkentning Muqimiy ko‘chasi ochilishga tayyor. “Afisha.uz”ning yozishicha, ko‘chaning Chilonzor Oqtepa maydonidan Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishuvgacha bo‘lgan qismi bitgan, Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida esa ko‘chaning “Novza” metro bekatidan Shota Rustaveli ko‘chasigacha bo‘lgan qismi aks etgan suratlar e’lon qilindi. “Muqimiy ko‘chasi endi shunday ko‘rinishda”, — deb yozadi o‘z xabariga fotosuratlarni ilova qilgan Facebook foydalanuvchisi. Suratlarda ko‘cha o‘rtasidagi yoritkich ustunlariga bayramona bayroqlar ilib chiqilganini ko‘rish mumkin. Ko‘cha qariyb tayyor holga kelgan bo‘lsa-da, transportlar qatnovi uchun hali ochilmagan — Chilonzor Oqtepa maydonida piyodalarning yer usti yo‘lini, Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishuvda esa O‘zbekistonda muqobili yo‘q yo‘l o‘tkazgichni qurish ishlari davom etmoqda. Avvalroq Toshkent shahar hokimligi Muqimiy va Shota Rustaveli ko‘chalaridagi qurilish va ta’mirlash ishlari 22-avgustdan yakuniga yetishi va mazkur ko‘chalardagi transport qatnoviga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov olib tashlanishini ma’lum qilgan edi. Toshkentda qurilish: Bir qatnov tomoni yetti harakatlanish bo‘lagidan iborat Muqimiy ko‘chasi Toshkentda qurilish: Chilonzor Oqtepa maydonining yangi ko‘rinishi Toshkentda qurilish: Muqimiy — Shota Rustaveli kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich. Oydin oqshomda

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar