Главная » 2016 » Август » 18

Foto: Toshkent markazida Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in yuz berdi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(12:25)
  • 190
  • 0
Toshkentning Markaz-5 mavzesi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan yo‘nalish raqami 17 bo‘lgan Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabarlar qoldirilgan. Xabar berishlaricha, hodisa 18-avgust, chorshanba kuni soat 10:00 atrofida yuz bergan. Voqea joyiga zudlik bilan o‘t o‘chirish guruhi yetib kelib, avtobusdagi olovni o‘chirgan. Avtobusning motor bo‘lmasidan nima sababdan olov chiqqani haqida aniq axborot yo‘q. Hodisa oqibatida tan jarohati olib, jabrlangan shaxslar haqida ma’lumot berilmagan. Ma’lumot uchun, 2-avtobus saroyi tomonidan tasarruf etiladigan 17-yo‘nalish bo‘ylab Mercedes-Benz rusumli avtobuslar “Ahmad Yugnakiy” dahasidan “Chorsu” savdo markaziga qadar bo‘lgan oraliqda, tong soat 6:00 dan kech soat 21:36 gacha harakatlanadi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar