Главная » 2016 » Сентябрь » 6

Foto: Toshkentning Navoiy ko‘chasi va O‘qchi mahallasi oralig‘idagi ochiq maydonda yong‘in yuz berdi


  • Pro_eXclusive
  • 06 Сен 2016(17:21)
  • 526
  • 0
Toshkent shahar Navoiy ko‘chasi bo‘yida qurilgan yangi ko‘p qavatli binolarning orqa tomonidan ochiq maydonda 6-sentabr, seshanba kuni yong‘in yuz berdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda. “Darakchi.uz”ning Toshkent shahar IIV YXBBga asoslanib xabar berishicha, hududda yuzaga kelgan yong‘in haqida soat 14:24 xabar kelib tushgan, soat 14:53 da hodisa joyiga o‘t o‘chirish brigadalari yetib borgan. Qayd etishlaricha, qurigan o‘t yonishi oqibatida kelib chiqqan yong‘in 800 kvadrat metr hududni qamrab olgan. Taxminlarga ko‘ra, yong‘inga o‘chmay qolgan tamaki qoldig‘i sabab bo‘lgan. Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtga kelib olov to‘liq o‘chirilgan.

Теги: Foto: Toshkentning Navoiy ko‘chasi

Всего комментариев: 0
avatar