Главная » 2016 » Август » 19

Foto: Vaqtinchalik sayilgohga aylangan Muqimiy ko‘chasi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(14:27)
  • 290
  • 0
Toshkentning Muqimiy ko‘chasi va unga yondosh hududlardagi ob’ektlarda keng ko‘lamli ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani munosabati bilan ko‘chaning ayrim nuqtalari transport vositalari harakati uchun to‘la yopilgan. Kun salqinlashishi bilan esa, hozircha avtomobillardan holi bo‘lib turgan bu ko‘cha yoshu qari bilan to‘lib, o‘ziga xos sayilgohga aylanmoqda, deyiladi Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qoldirilgan fotoxabarda. Avvalroq, xuddi shunday manzarani Nurafshon ko‘chasining yangi qurilgan bo‘lagida ham kuzatish mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Foto: Kechki sayr joyiga aylangan Nurafshon ko‘chasining yangi bo‘lagi Ma’lumot uchun, Toshkent shahar hokimligi Muqimiy ko‘chasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari 22-avgustda yakuniga yetishini ma’lum qilib, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun shahar aholisidan uzr so‘ragan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar