Главная » 2016 » Август » 19

Fransiyada qochoq deportatsiyadan qutulib qolish uchun pasportini yeb qo‘ydi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(09:03)
  • 78
  • 0
Fransiyada deportatsiyadan qochish uchun pasportini yeb qo‘ygan gambiyalik noqonuniy muhojir ikki oylik qamoqqa mahkum etildi, deb yozadi “Korrespondent.net” mahalliy Depeche gazetasiga tayanib. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Gambiyadan qochib kelgan Bubakar Fransiyada siyosiy boshpanaga ega bo‘lishga harakat qilgan. 14-avgust, yakshanba kuni 34 yoshli afrikalik hibsga olingan va deport qilish uchun Tuluza aeroportiga keltirilgan. Erkak aeroportdagi chegara nazoratida zudlik bilan vataniga qaytarib yuborilishdan qutulib qoldi: undan hujjatlarini ko‘rsatishni so‘rashganida, Bubakar pasportidagi fotosurat va anketa ma’lumotlaridan iborat sahifani yirtib olib, yutib yubordi. So‘ng u o‘ziga soqchilik qilayotgan politsiyachilar bilan mushtlashdi, oxir-oqibat, havo kemasi kapitani to‘polonchi yo‘lovchini bortga olishdan bosh tortdi. 16-avgust, seshanba kuni sud qochoqni ikki oyga ozodlikdan mahrum qildi, muddat tugagach, u baribir Gambiyaga jo‘natib yuborilishi mumkin.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar