Главная » 2016 » Август » 20

Fransiyaning Kale lageridagi qochoqlar soni 7 mingga yetdi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(11:32)
  • 74
  • 0
Fransiyaning Kale porti yaqinidagi muhojirlar lagerida ayni paytda 7 mingga yaqin muhojir istiqomat qilmoqda. Bu haqda 19-avgust, juma kuni mahalliy rasmiylar ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. Ularga ko‘ra, iyun oyidan beri lagerdagi qochoqlar soni salkam 2,5 ming kishiga ko‘paydi. Kaleda yashovchilarning aksariyati Afg‘oniston, Somali va Sudandan kelganlardan iborat. Eslatib o‘tamiz, Yevropada qochoqlar bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgan payt mazkur lager Fransiya orqali Buyuk Britaniyaga borishga uringan noqonuniy muhojirlar uchun yirik o‘tkazish punktiga aylangandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar