Главная » 2016 » Август » 17

“Hamadon” aerodromidan ko‘tarilgan Rossiya samolyotlari Dayr az-Zordagi IShID marralariga aviazarbalar berdi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(17:22)
  • 157
  • 0
“Hamadon” aerodromidan (Eron) ko‘tarilgan Rossiyaning Su-34 samolyotlari 17-avgust, chorshanba kuni Dayr az-Zor viloyatidagi (Suriya) IShID marralariga aviazarbalar berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Rossiya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar natijasida IShIDning ikki qo‘mondonlik punkti va dala lagerlari yo‘q qilindi, 150 nafardan ortiq jangari o‘ldirildi. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erondan uchgan Rossiyaning Tu-22M3 va Su-34 bombardimonchilari Aleppo, Dayr-az-Zor va Idlib viloyatlaridagi jangarilar obyektlariga aviazarbalar bergani bildirilgandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar