Главная » 2016 » Август » 22

Hindiston bosh vaziri libosi eng qimmatbaho zamonaviy kostyum sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(12:31)
  • 291
  • 0
Hindiston bosh vaziri Narendra Modining monogramma bilan bezalgan libosi auksionda sotilgan tarixdagi eng qimmatbaho zamonaviy kostyum sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Shimoliy Hindiston modasi an’analariga ko‘ra tikilgan kostyum bosh vazir tomonidan o‘tgan yili AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuv uchun maxsus buyurtma qilingan va atigi bir bor kiyilgandi. Uchrashuvdan so‘ng, fevral oyida Modi uni tushgan mablag‘lari Gang daryosini tozalashga ishlatiladigan xayriya auksioniga qo‘ydi. Ahmadobod shahridagi taniqli tikuvchi tomonidan tayyorlangan va Modiga taxminan bir million rupiyga tushgan kostyum kimoshdi savdosida 43 million rupiyga (693 ming dollardan ko‘proq) xarid qilindi. Uni brilliantlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya egasi Laljibxai Patel sotib oldi va “mazkur xarid tarixda qolishi uchun” Ginnesning rekordlar kitobiga murojaat etdi. Oradan bir necha oy o‘tib unga rekord tan olingani haqidagi rasmiy sertifikat yuborildi. Endi bosh vazir kostyumi kompaniyada zirhli shishadan yasalgan vitrinada saqlanishi bildirilmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar