Главная » 2016 » Сентябрь » 14

IKEA tugallangan moliya yilida rekord miqdorda daromad oldi


  • Pro_eXclusive
  • 14 Сен 2016(08:54)
  • 155
  • 0
Dunyodagi eng yirik mebel riteyleri — Shvetsiyaning IKEA kompaniyasi 31-avgust kuni yakunlangan moliya yilida qayd etilgan rekord darajadagi savdolar haqida hisob berdi, deb yozadi “Kommersant”. Kompaniya savdolari ushbu davr ichida 7,1 foizga o‘sib, 34,2 milliard yevroni tashkil qildi. Kompaniyadagilar buni qator mamlakatlar, jumladan, Polsha, Xitoy, Avstraliya va Kanadada savdo hajmi faol o‘sgani bilan izohladi. Shvetsiya kompaniyasi uchun eng katta bozor Germaniya bo‘lib qolmoqda, AQSh undan biroz ortda qolmoqda. Yil mobaynida IKEA 12 ta yangi do‘kon, shuningdek, onlayn tarzda buyurtma qilingan mahsulotni olib ketish mumkin bo‘lgan 19 ta savdo nuqtasini ochdi. Endi kompaniya dunyoning 28 ta mamlakatida 340 ta do‘konga ega bo‘ldi. Joriy moliya yilida kompaniya Hindiston va Serbiyada ilk do‘konlarini ochishni rejalashtirmoqda, yaqin to‘rt yil ichida esa savdo hajmini deyarli 50 foizga oshirmoqchi.

Теги: IKEA tugallangan moliya yilida reko

Всего комментариев: 0
avatar