Главная » 2016 » Март » 16

Instagram yaqin orada xronologik lentadan voz kechishi ma’lum qilindi


  • News
  • 16 Мар 2016(19:13)
  • 394
  • 0
Yaqin orada Instagram yangiliklar lentasi e’lon qilingan sanasi emas, balki ma’lum bir algoritm asosida shakllantiriladi.

Instagram vakillarining bildirishicha, bu tartib foydalanuvchilar muhim yozuvlarni kamroq o‘tkazib yuborishi uchun amalga oshirilmoqda.

“Ajablanishingiz mumkin, biroq insonlarning 70 foizi yangiliklarga nazar tashlamaydi. Instagram rivojlanib borgani sari chop etilayotgan barcha video va fotomanbalarni kuzatib borish qiyin bo‘lmoqda. Bu esa ko‘pincha siz uchun kerakli bo‘lganlarning yozuvlarini ko‘zdan qochirishingizni anglatadi”, — deya ma’lum qilgan Instagram matbuot xizmati.

Yozuvlarni shakllantirish tartibi algoritm ularni foydalanuvchi uchun nechog‘li zarur deb topishi, foydalanuvchi ularning muallifi bilan qanchalik yaqinligi va chop etilgan vaqtiga bog‘liq. Hozircha gap lentadan qaysidir yozuvlarni olib tashlash haqida ketmayapti, Instagram faqat ularning joylashuvini o‘zgartiradi.

Mazkur o‘zgarish qachon amalga oshirilishi noma’lum, kompaniya foydalanuvchilar munosabatini o‘rganishi va yangi lentani “keyingi oylar” davomida ishga tushirishini bildirgan.

Теги: Instagram yaqin orada xronologik le

Всего комментариев: 0
avatar