Главная » 2015 » Сентябрь » 22

iOS 9 dagi nosozlik bloklash paroli va Touch ID’ni aylanib o‘tish imkonini berdi


  • News
  • 22 Сен 2015(20:17)
  • 228
  • 0
iOS 9 operatsion tizimida, telefon parol yoki Touch ID orqali bloklanganiga qaramay, qurilmadagi ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradigan nosozlik borligi ma’lum bo‘ldi.

Siri’ga murojaat qilish yordamida atigi 15 ta oddiy harakatni amalga oshirish orqali, blok qilish tizimini aylanib o‘tib, telefondagi aloqa ma’lumotlari va media fayllardan foydalanish mumkin. Buning uchun bir necha bor noto‘g‘ri parol kiritilishi, shundan so‘ng, ovozli yordamchidan soat necha bo‘lganini so‘rash kerak.

Siri aniq vaqtni ma’lum qilishi bilan, “Soat” mobil dasturining yorliqchasiga bosish va vaqt mintaqasini aniqlashtirish lozim. Mazkur manipulyatsiya kontaktlar ro‘yxatiga olib borishi mumkin, bunda yangi aloqani qo‘shish imkoni paydo bo‘ladi, aloqa ma’lumotlarini kiritayotganda esa qurilma uning uchun avatar (xos surat) tanlashni taklif qiladi.

Mazkur harakatlar nafaqat aloqalar ro‘yxatini to‘liq ko‘rish, balki telefonda saqlanayotgan barcha suratlar bilan tanishish imkonini beradi.

Blok qilish tizimini aylanib o‘tgan kishi ma’lumotlarni faqat ko‘ra oladi, uni boshqa birovga uzata olmaydi. Agar qurilmaning sozlashlarida blok qilingan ekranda Siri ham o‘chiq bo‘lishi kerakligi haqidagi shart belgilangan bo‘lsa, u holda bu nosozlikdan foydalanib bo‘lmaydi.

15-sentabr kuni shunga o‘xshash nosozlik Android operatsion tizimida ham topilgan edi.

Теги: iOS 9 dagi nosozlik bloklash paroli

Всего комментариев: 0
avatar