Главная » 2016 » Сентябрь » 1

iPhone 6 va iPhone 6 Plus egalari Apple’ga nisbatan da’vo qo‘zg‘adi


  • News
  • 01 Сен 2016(10:52)
  • 339
  • 0
iPhone 6 va iPhone 6 Plus egalari San-Xosedagi federal sudda Apple’ga nisbatan smartfon dizaynidagi nosozlik ekran qotib qolishi va qurilmalar yaroqsiz holga tushishiga olib kelayotgani ko‘rsatilgan jamoaviy da’vo kiritdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Uch nafar da’vogar — Todd Kliri, Yun Bay va Tomas Devidson yangi smartfonlarda ekran qotib qolayotganini Apple iPhone 5 da qo‘llagan metall “qalqon”dan foydalanmaslikka qaror qilgani bilan bog‘lamoqda. Ular kompaniyani firibgarlik va iste’molchilar huquqi to‘g‘risidagi qonunlarni buzishda aybladi hamda tovon talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Tach kasalligi” (Touch Disease) faqat iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlarida foydalanganidan taxminan bir yil o‘tib paydo bo‘ladi. Ekran qo‘l tegishiga javob bermay qo‘yadi, yuzasida oq chiziqlar paydo bo‘ladi. Ekranning almashtirilishi mazkur muammolarni hal etmaydi.

Теги: iPhone 6 va iPhone 6 Plus egalari A

Всего комментариев: 0
avatar