Главная » 2016 » Март » 18

iPhone 7 Apple’ning eng qimmatbaho smartfoniga aylanadi


  • News
  • 18 Мар 2016(11:59)
  • 463
  • 0
2016-yil sentabri boshida chiqariladigan yangi iPhone 7 256 gigabaytlik ichki xotiraga ega bo‘lishi mumkin, shuning hisobiga u Apple smartfonlari tarixidagi eng qimmatbahosiga aylanadi.

Gadjet butlanadigan modul tasvirini Hdblog nashri e’lon qildi. Insayder ta’kidlashicha, katta hajmli xotiraga ega iPhone 7’ni chiqarish qarori fotosuratlar sifatini oshirish bilan bog‘liq. Yangi smartfonning ikkitalik kamerasi, xuddi iPhone 6s va 6s Plus’dagi kabi, 4K-sifatli foto va videolarni olishga qodir, ushbu fayllar esa juda ko‘p joyni egallaydi.

Ekspertlar qayd etishicha, 256 gigabaytli xotira bilan qurilmaning katta modifikatsiyasi — 5,5 dyuymli iPhone 7 Plus yoki iPhone Pro chiqariladi. Kichigi (iPhone 7)ning xotirasi esa 128 gigabaytdan oshmaydi.

Bundan tashqari, iPhone’ning yettinchi avlodida ishlab chiqaruvchi 16 Gb xotirali versiyadan voz kechadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Bastille Post manbasi e’lon qilgan yangi rasmlar iPhone 7’da qo‘sh kamera mavjudligini tasdiqlagani xabar berilgan edi.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: iPhone 7 Apple’ning eng qimmatbaho

Всего комментариев: 0
avatar