Главная » 2016 » Март » 17

iPhone 7’ning yangi suratlari qo‘sh kamera mavjudligini tasdiqladi


  • News
  • 17 Мар 2016(10:46)
  • 620
  • 0

Xitoyning Bastille Post manbasi e’lon qilgan yangi rasmlar iPhone 7’da qo‘sh kamera mavjudligini tasdiqladi. Home tugmasining hamda orqa korpusdagi antennalar yonida plastik detallarning yo‘qligi haqida tarqalib ketgan boshqa ma’lumotlar ham insayderlik fotosuratlari orqali tasdiqlandi.

Ikkita obyektivga ega kamera iPhone 7 orqa korpusining tekis yuzasidan biroz bo‘rtib chiqib turishi taxmin etilmoqda. Bir qavatli yorug‘lik diodli vspishka uning yonida joylashadi, bu biroz g‘alati ko‘rinadi, chunki ko‘pchilik flagman smartfonlarda vspishka ikkitalik va u ranglar ancha tabiiy uzatilishini ta’minlaydi.

Kamera va vspishka yonida an’anaviy tarzda mikrofon joylashdi. Orqa panelda antennalar uchun mo‘ljallangan yo‘l-yo‘l chiziqlar yo‘q: Apple ularni ustki va pastki qirralarga joylashtirdi.

Orqa panelning pastki qismidagi uchta nuqta Smart Connector interfeysi analogi deb taxmin etilmoqda. Apple undan iPad Pro’da foydalangan edi. Biroq yashirincha olingan suratlar orqali iPhone 7 haqidagi asosiy savolga javob topib bo‘lmaydi — smartfonda quloqchinlar uchun 3,5 millimetrlik bo‘linma bo‘ladimi, yo‘qmi?

Maxfiy suratlarga asoslanib, Feld & Volk kompaniyasi dizaynerlari iPhone 7’ning uch o‘lchamli renderlarini yaratdi.

Barcha foto suratlarni telegram messengerida ochilgan @VOYDODATV official canalida tomosha qilshingiz mumkin.

Теги: iPhone 7’ning yangi suratlari qo‘sh

Всего комментариев: 0
avatar