Главная » 2016 » Сентябрь » 16

iPhone 7 taqdimotidan keyin O‘zbekistonda avvalgi iPhone’lar 10 foizgacha arzonlashdi


  • Pro_eXclusive
  • 16 Сен 2016(12:51)
  • 968
  • 0
7-sentabr kuni taqdim etilgan yangi iPhone 7 va 7 Plus smartfonlari AQSh va yana o‘nlab mamlakatlarda bugun, 16-sentabrdan sotuvga chiqadi. Shunga qaramay, yangi Apple smartfonlarining taqdimotiyoq avvalgi iPhone modellari chakana narxlariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. O‘zbekistondagi mobil texnika bozorlari sotuvchilari so‘zlariga ko‘ra, shu yilning avgusti bilan taqqoslaganda, iPhone 6s va iPhone 6s Plus, shuningdek, iPhone SE narxlari modeliga va xotira hajmiga qarab 5 foizdan 10 foizgacha tushdi. Masalan, avgust boshida 16 Gb xotirali iPhone 6s qariyb 4 million so‘mga sotilgan bo‘lsa, hozirda bu qurilmani 3,8 million so‘mga topish mumkin. Sotuvchilar iPhone 7 va 7 Plus chakana savdoda paydo bo‘lishi bilan narxlar yanada tushishini ta’kidladi, ammo bu qurilmalar O‘zbekiston bozoriga oktabr boshida yetib kelganidan so‘ng kuzatiladi. Ayni paytdagi Apple smartfonlari narxlari esa quyidagicha: — Apple iPhone 6S (16 Gb) – 3,8 million so‘m; — Apple iPhone 6S (64 Gb) – 4,4 million so‘m; — Apple iPhone 6S (128 Gb) – 5,1 million so‘m; — Apple iPhone 6S Plus (16 Gb) – 4,2 million so‘m; — Apple iPhone 6S Plus (64 Gb) – 4,8 million so‘m; — Apple iPhone 6S Plus (128 Gb) – 5,3 million so‘m; — Apple iPhone SE (16 Gb, qora) – 2,8 million so‘m; — Apple iPhone SE (64 Gb, qora) – 3,3 million so‘m. Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Теги: iPhone 7 taqdimotidan keyin O‘zbeki

Всего комментариев: 0
avatar