Главная » 2016 » Сентябрь » 3

iPhone 7 va 7 Plus prototiplari birinchi marta ko‘rgazmada namoyish qilindi


  • Pro_eXclusive
  • 03 Сен 2016(09:07)
  • 290
  • 0
IFA 2016 ko‘rgazmasida hali taqdim etilmagan Apple smartfonlari — iPhone 7 va 7 Plus (Pro) prototiplari namoyish qilindi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Yakuniy versiyaga yaqin prototiplar ushbu ko‘rgazmada birinchi marta ko‘rsatildi. iPhone 7 va 7 Plus (Pro) “oltilik”lardan jiddiy farq qilmaydi, ammo naushnik uchun alohida 3,5 millimetrli razyomdan ajraladi. iPhone 7 Pro deb nomlanishi taxmin etilayotgan “katta” model qo‘sh kamera moduliga ega bo‘ladi. Avvalroq Apple korporatsiyasi yangi qurilmalar taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirini 7-sentabr kuni o‘tkazishi ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniya yangi, iPhone 7 deb nomlanishi taxmin qilinayotgan smartfonni, shuningdek, Apple Watch 2 va yangi MacBook Pro’ni namoyish etishi kutilmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar