Главная » 2016 » Сентябрь » 3

IShID Kopengagenda politsiyachilarga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi


  • Pro_eXclusive
  • 03 Сен 2016(09:03)
  • 147
  • 0
1-sentabr, payshanbaga o‘tar kechasi uni qo‘lga olmoqchi bo‘lgan Daniya politsiyachilariga qarata o‘t ochgan kopengagenlik narkosavdogar IShID terrorchilik guruhi a’zolari buyrug‘iga ko‘ra harakat qilgan. Bu haqda IShIDga aloqador Amaq agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. “Kopengagenda politsiyachilarga hujum qilgan kishi IShID askari bo‘lgan va IShIDning (AQSh rahbarligidagi terrorchilikka qarshi) koalitsiya mamlakatlarida teraktlar uyushtirish haqidagi da’vatidan so‘ng hujumni amalga oshirgan”, — deyiladi xabarda. Asli bosniyalik 25 yoshli Daniya fuqarosi Kopengagenning Xristianiya yarim muxtor tumani hududida uni narkotiklar savdosi uchun qo‘lga olishga urinishganida, fuqarolik kiyimidagi politsiyachilarga to‘pponchadan o‘q uzdi. Natijada uch kishi, jumladan, ikki tartib posboni yaralandi, ulardan birining ahvoli og‘ir. O‘t ochgan shaxsning o‘zi qochib qoldi, ammo shu kuniyoq Amager orolidan topildi. Hibsga olmoqchi bo‘lishganida u yana javob o‘tini ochgan politsiyachilarni o‘qqa tutdi va og‘ir yarador bo‘lib, keyinroq vafot etdi. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar