Главная » 2016 » Август » 18

Jahon boks kengashi Povetkinni noma’lum muddatga diskvalifikatsiya qildi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(09:38)
  • 89
  • 0
Jahon boks kengashi (WBC) rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinni noma’lum muddatga diskvalifikatsiya qilish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda. Povetkinning doping namunasida meldoniy aniqlangan edi. Bunda beshta namunadan to‘rttasi inkor etuvchi natijani ko‘rsatgan edi. Eslatib o‘tamiz, Povetkin va Uaylder o‘rtasidagi jang 21-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, biroq rossiyalik bokschining organizmida meldoniy qoldiqlari aniqlangani uchun jang noma’lum muddatga qoldirildi. WBC Povetkinga nisbatan tergov ishi davom etguniga qadar Deontey Ualderga o‘z titulini ixtiyoriy ravishda himoya qilish huquqini berdi. Rossiyalik bokschi, shuningdek, jahon chempioni nomi uchun kurashga majburiy da’vogar maqomidan mahrum etildi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar