Главная » 2016 » Август » 19

Jahon brendlari donorlik muammolariga e‘tibor qaratish maqsadida o‘z nomlaridagi A, B va O harflarini olib tashladi (foto)


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(12:06)
  • 101
  • 0
Dunyoning eng yirik brendlari va hatto bir nechta shaharlar donorlik va qon yetishmasligi muammolariga e’tibor qaratishga bag‘ishlangan jahon aksiyasiga qo‘shilib, o‘z nomlaridagi A, B va O harflarini vaqtincha olib tashladi, deb yozadi TJournal. #MissingType xeshtegi ostida o‘tayotgan aksiyani Britaniyaning Engine Group PR-agentligi London qon quyish markazi (NHS Blood and Transplant) bilan hamkorlikda o‘ylab topdi. U 16—21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va 21 ta mamlakatni qamrab olib, dunyoning eng yirik donorlik markazlarini birlashtiradi. Kampaniyada ishtirok etish uchun, uning mualliflari ijtimoiy tarmoqlardagi nikneymlardan A, B va O harflarini (qon guruhlarini bildiruvchi xalqaro belgilar) vaqtinchalik o‘chirib tashlashga chaqirmoqda. Kampaniyaning rasmiy shiori quyidagicha: “As, Os va Bs’siz biz hech kimmiz. Ochiq joylarni to‘ldirishga yordam bering”. Harakatga ko‘plab yirik xalqaro korporatsiyalar qo‘shildi hamda o‘z logotip va nomlaridagi tegishli harflarni olib tashladi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar