Главная » 2016 » Август » 18

Joan Rouling Garri Potter olami haqidagi hikoyalar jamlangan uchta to‘plam chiqaradi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(10:54)
  • 91
  • 0
Garri Potter haqidagi mashhur franshizaning sakkiz kitobi muallifi Joan Rouling tez orada sehrgarlik dunyosining salbiy jihatlariga bag‘ishlangan qisqa hikoyalardan iborat uchta to‘plam chiqarishini ma’lum qildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Pottermore sayti vakillarining ma’lum qilishicha, hikoyalar 6-sentabrda elektron shaklda chiqarilib, qiymati 3 dollarga yaqin bo‘ladi. Har bir asar taxminan 20—30 sahifadan tashkil topadi. Birinchi to‘plam “Hokimiyat, siyosat va bezor qiladigan poltergeystlar” (Power, Politics And Pesky Poltergeists) asosan professor Dolores Ambrij va professor Goratsiy Sliznortning Volan-de-Mortning Xogvartsdagi kelajagi bilan bog‘liq aloqalariga bag‘ishlangan. Ikkinchi to‘plam “Xogvarts: To‘liqsiz va Shubhali rahbariyat” (Hogwarts: An Incomplete and Unreliable Guide) sehrli maktabning xilvat burchaklari, sharpalar va Shlyapaga bag‘ishlangan. Uchinchi to‘plam “Qahramonlik, og‘ir sinovlar va xavfli xobbilar” (Heroism, Hardship and Dangerous Hobbies) Minerva Makgonagall va Rimus Lyupin haqida hikoya qiladi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar