Главная » 2016 » Сентябрь » 15

Joze Mourinyo “Yunayted” to‘p surishni orzu qilmagan Yevropa Ligasida chempion bo‘lmoqchiligini aytdi


  • Pro_eXclusive
  • 15 Сен 2016(15:47)
  • 254
  • 0
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo bugun — 15-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ligasi turniri oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb yozdi “Chempionat”. “Chempionlik haqida gapirishga erta. Lekin sen ‘Yunayted’ kabi katta klubda ishlasang, sen uchun har bir o‘yin juda muhimdir”, — dedi Mourinyo “Feynoord”ga qarshi safar o‘yini oldidan. “Yevropa Ligasi ‘Yunayted’ orzu qilgan musobaqa emas. Bu turnirni futbolchilar orzusi demagan bo‘lardim. Shunga qaramay unda zafar quchmoqchimiz. Gapirish oson, amalda esa qiyin bo‘ladi”, — deb fikrida davom etdi portugaliyalik mutaxassis. Mourinyo raqibni hurmat qilishini, biroq Gollandiyaga g‘alaba uchun kelganini, unda kuchli futbolchilar borligi va ularning hammasi maydonga tushishni istayotgani haqidagi fikrlar bilan matbuot anjumaniga yakun yasadi.

Теги: Joze Mourinyo “Yunayted” to‘p suris

Всего комментариев: 0
avatar